Янгиликлар
Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasidagi ishning davomiyligi
Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasidagi ishning davomiyligi
Mehnat kodeksining 187-moddasida Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasidagi ishning davomiyligiga quyidagicha ta’rif berilgan Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi deb belgilangan.
Ohangaron shahar adliya bo’limi
YXKM bosh yuristkonsulti B.O’smonov