Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Aholiga madaniy xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–406-son, 25.12.2023-y.) qabul qilindi


“Aholiga madaniy xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–406-son, 25.12.2023-y.) qabul qilindi

Qaror bilan 2024–2025-yillarda respublikada oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.

2024-yildan har ikki yilda bir marta oktyabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari oʻrtasida respublika tanlovi oʻtkaziladi.

2024-yil 1-apreldan:

“Madaniyat toʻlqinlari” media loyihasi amalga oshiriladi.

Media loyiha doirasida tanlov oʻtkaziladigan yoʻnalishlar va ularning konsepsiyasi belgilab berilib, jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va gʻoyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

“Xon qabuli” teatrlashtirilgan tarixiy tantanali rasmiy qabul marosimi namuna sifatida Qoʻqon shahridagi Xudoyorxon oʻrdasida tashkil etiladi;

aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur mahalliy va xorijiy shaxslar ishtirokida “Yulduz bilan sayohat” loyihasi amalga oshiriladi;

tegishli manzillarda “Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi.

Bunda:

tegishli koʻchalarda cholgʻu asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etiladi;

har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantirib boriladi.

Qarorga koʻra, milliy madaniyatimizni xorijda faol targʻib etuvchi chet el fuqarolari, jumladan vatandoshlar faoliyatini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbek madaniyati elchisi” maqomini berish tizimi joriy etiladi.

 

Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti

Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li