Янгиликлар
“Isteʼmol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–217-son, 28.12.2023-y.) qabul qilindi.
“Isteʼmol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–217-son, 28.12.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Prezidentning 2022-yil 31-maydagi PF-145-son va 2023-yil 23-martdagi PF-41-son ) farmonlari bilan 2024-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilangan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar yangi soʻyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilishi belgilandi.
Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti
Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li