Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘rindoshlarga haqi to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tillari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar berish


O‘rindoshlarga haqi to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tillari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar berish

 

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Asosiy ish joyi bo‘yicha haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligidan ortiq bo‘lsa, u holda ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tildan tashqari asosiy ish bo‘yicha haq to‘lanadigan ta’tilning qancha davom etishi bilan o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishga majburdir.

O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir

Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti

Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li