Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash


O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash

 

Mehnat kodeksining 438-moddasiga asosan o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq to‘lash ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda, ishlab chiqarish natijasiga yoxud mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlarga qarab amalga oshiriladi.

Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga normalangan topshiriqlar belgilansa, mehnatga haq to‘lash haqiqatda bajarilgan ish hajmi uchun yakuniy natijalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari belgilangan tumanlarda o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

O‘rindoshlik asosida ishlash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda, ishlab chiqarish natijasiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asosida hisob-kitob qilingan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.

Xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishda, ushbu hisoblab chiqarishning maqsadlaridan qat’i nazar, asosiy ish joyi bo‘yicha ish uchun va o‘rindoshlik asosida ish uchun ish haqi alohida-alohida hisob-kitob qilinadi.

Agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o‘zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash mazkur ish o‘zi uchun asosiy ish bo‘lgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti

Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li