Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida koʻrish bosqichi joriy etildi.


Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida koʻrish bosqichi joriy etildi.

 

Yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan koʻrish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlandi.

Har bir sud instansiyasining zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.

Shuningdek, sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkinlgi belgilandi.

Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi.

Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻriladigan shikoyat (protest) ushbu sudlar nomiga yoʻllanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan birinchi instansiya sudiga beriladi.

Oliy sudning Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻriladigan shikoyat (protest) bevosita Oliy sudning Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi.

Oliy sud raisining, Bosh prokurorning Oliy sud Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oliy sudga beriladi.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.

Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti

Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li