Янгиликлар
Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatiladi
Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkaasining 2022-yil 4-noyabrdagi 644-sonli qarori bilan “Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida
10 oʻrinli tumanlararo tibbiy yordam koʻrsatish punktlari tashkil qilinadi.
Tibbiy yordam koʻrsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlinmalari tashkil etiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos boʻladi:
- shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki oʻzi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotganligi (biror joyda yotgan yoki oʻtirgan holati);
- shaxsning uyquchanligi, uygʻotishning qiyinligi;
- shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi;
- nutqining noaniq, tushunarsiz, oʻzaro bogʻliq boʻlmagan uzuq-yuluq alohida soʻzlardan tashkil topishi (gʻuldirashi);
▫️savollarni yaxshi tushunmasligi, oʻzining qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.
Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib boriladi.
Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam koʻrsatish punktida 12 soatgacha boʻlganda dalolatnoma, 12 soatdan koʻp vaqt boʻlganda va tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.
Tibbiy yordam koʻrsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida (soat 23:00 dan 06:00 gacha) yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish ularning qarindoshlari kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ohangaron shahar adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev