Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mulk huquqi dahlsizligi taʼminlanadi.


                        Mulk huquqi dahlsizligi taʼminlanadi.

 

2022-yil 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab yer uchastkalariga boʻlgan huquqlardan foydalanishda xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini cheklashni nazarda tutuvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar bekor qilinadi:

yer uchastkalariga boʻlgan huquqning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning oʻzi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yoʻli bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tugatish;

yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga boʻlgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish;

yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq xoʻjaligi yerlaridan tashqari) boʻlgan huquqlarini bekor qilish;

yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berish;

Turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish boʻyicha:

turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;

sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yil oʻtgach natura shaklida talab qilib olish;

Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish boʻyicha mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan maʼmuriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi maʼmuriy organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yoʻli bilan huquqlarni tugatish;

 

Ohangaron shahar adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                           B.Hamroyev