Янгиликлар
KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILADIGAN AYRIM IMTIYOZLAR
KEKSA YOSHDAGI SHAXSLARGA BERILADIGAN AYRIM IMTIYOZLAR
Prezidentning 2022-yildagi 167-son qaroriga asosan;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi;
sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
ogʻir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;
keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;
davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.
Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Sh.Ro‘ziyeva