Янгиликлар
AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KOʻRSATILADI?
AYOLLAR DAFTARIGA KIRITILGANLARGA QANDAY YORDAM KOʻRSATILADI?
Vazirlar mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
1) ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini taʼminlash;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini taʼmirlash;
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar koʻrsatish;
5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensasiyasini toʻlash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan taʼminlash;
6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish.
Ayollar daftariga kiritilayotganingizda Sizni qaysi yoʻnalish boʻyicha roʻyxatga olayotganiga eʼtiborli boʻling! Sababi Siz uy-joyga muxtoj boʻlsangizu, lekin ayollar daftariga Sizni tibbiy yordamga muxtoj deb kiritgan boʻlsa, uy-joy tomonlama ishingiz bitishi qiyinroq boʻladi.
Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Sh.Ro‘ziyeva