Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SIFATSIZ MAHSULOT SOTIB OLGANDA NIMA QILISH KERAK?


SIFATSIZ MAHSULOT SOTIB OLGANDA NIMA QILISH KERAK?

 

Savol: Men online magazindan telefon sotib olgandim, kafolat muddati bir yil edi. Telefonni sotib olganimga bir oy boʻlmasdan qotib ishlamay qoldi. Telefonni sotuv ofisiga qaytardim. Sotuv ofisi menga huudi oʻsha markadagi boshqa telefonni taklif qildi, men olishni rad etdim. Sotuv ofisi telefonni olishga majbursiz pullariz qaytarilmaydi deb aytmoqda, Aytingchi men pullarimni qanday yoʻl bilan qaytarib olsam boʻladi?

Javob: Sizda isteʼmolchi sifatida quyidagi huquqlar bor:

Nuqsonsiziga almashtirib berishni talab qilish – Agar nuqsonli tovar berilsa, uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) nuqsonsiz tovarga 7 kunlik muddatda almashtirib berishga (qoʻshimcha tekshirishga qarab 20 kungacha) yoki bunday tovar boʻlmasa 1 oygacha muddatda almashtirib berish,

Ana shu muddatlarda oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 1 foiz miqdorida sotuvchi penya talab qilish (bu otni kallasidek penya boʻlib ketadi),

Nuqsonni bepul bartaraf etishni soʻrash,

Tovar bahosini nuqsonga mutanosib narxda kamaytirish (masalan 20 ming dollarlik mahsulotni 18 minggami, nuqsonga qarabda),

Nuqsonli tovarni olmaslik va Shartnomani bekor qilib, pulni qaytarishni soʻrash,

Kreditga olingan boʻlsa, pulni ham kredit badallarini ham qaytarishni talab qilish,

Maqbul sifatdagi tovarga almashtirish,

Vaqtida mahsulot berilmagani sababli zarar koʻrgan boʻlsa, uni qoplashni talab qilish.

Tavsiyalar "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonun asosida yozildi.

Agar Sizga sotuv ofisi pullarizni qaytarmasa, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yoki sudga murojaat qilishiz kerak.

 

 

 

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i

Sh.Ro‘ziyeva