Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

YANGI TURMUSH QURGAN YOSHLARGA OʻZ XONADONIDA QOʻSHIMCHA UY-JOY QURISH UCHUN GAROVSIZ KREDIT AJRATILADI


YANGI TURMUSH QURGAN YOSHLARGA OʻZ XONADONIDA QOʻSHIMCHA UY-JOY QURISH UCHUN GAROVSIZ KREDIT AJRATILADI

 

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

▫️bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan;

▫️20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;

▫️boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.

Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim, jumladan:

-kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;

- “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);

-daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgaega boʻlishi;

 

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshlig‘i

Sh.Ro‘ziyeva