Янгиликлар
MEHNAT NIZOSIDA AYBDOR BO‘LGAN MANSABDOR SHAXSNING ZIMMASIGA MODDIY JAVOBGARLIKNI YUKLASH
MEHNAT NIZOSIDA AYBDOR BO‘LGAN MANSABDOR SHAXSNING ZIMMASIGA MODDIY JAVOBGARLIKNI YUKLASH
O‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimga, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilgan xodimga yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq holda mansabdor shaxs tomonidan ish beruvchiga zarar etkazilgan taqdirda, sud etkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga yuklatadi. Bunday majburiyat mansabdor shaxs xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki sudning qarorini kechiktirgan taqdirda ham yuklatiladi.
Moddiy zararning o‘rnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Sh.Ro‘ziyeva