Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ISH BERUVCHINING TASHABBUSIGA KOʻRA VAQTINCHA MASOFADAN TURIB ISHLASHGA OʻTISH TARTIBI VA ASOSLARI


ISH BERUVCHINING TASHABBUSIGA KOʻRA VAQTINCHA MASOFADAN TURIB ISHLASHGA OʻTISH TARTIBI VA ASOSLARI

 

2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan Mehnat Kodeksining 454-moddasida ish beruvchining tashabbusiga koʻra vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtish tartibi belgilangandir.

 

Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar roʻy bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz uning vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtishiga yoki oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Agar statsionar ish joyida xodim tomonidan bajariladigan ishning oʻziga xos xususiyati ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan alohida hollarda uni ish beruvchining tashabbusiga koʻra masofadan turib ishlashga vaqtincha oʻtishini yoki oʻtkazilishini amalga oshirish imkonini bermasa yoxud ish beruvchi xodimni masofadan turib ishlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, dasturiy-texnik vositalar, axborotni muhofaza qilish vositalari va boshqa vositalar bilan taʼminlay olmasa, ish beruvchi:

 

xodimga taʼtillar jadvaliga muvofiq yillik mehnat taʼtilini berishga;

 

taʼtillar jadvalida nazarda tutilgan taʼtillar berish navbatidan qatʼi nazar, xodimga uning roziligi bilan tegishli ish yili uchun yillik mehnat taʼtilini berishga;

 

xodimning roziligi bilan unga ish haqini qisman saqlab qolgan holda taʼtil berishga;

 

ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olmay turib, xodimga uning roziligi bilan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishga;

 

xodim uchun toʻliqsiz ish vaqtini belgilashga haqli.

 

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda ish beruvchi kamida ikki hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda xodim uchun toʻliqsiz ish vaqtini joriy etishga haqli.

 

Agar statsionar ish joyida xodim bajarayotgan ishning oʻziga xos xususiyati uni vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtishini yoki oʻtkazilishini amalga oshirish imkonini bermasa va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan choralarni koʻrish imkoni boʻlmasa, mazkur xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarmayotgan vaqt ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolish hisoblanadi hamda bu vaqt uchun ushbu Kodeks 266-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar kattaroq toʻlov miqdori jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda nazarda tutilmagan boʻlsa, haq toʻlanadi.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Islamov