Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

FARZANDLIKKA OLISHI MUMKIN BOʻLGAN SHAXSLAR


FARZANDLIKKA OLISHI MUMKIN BOʻLGAN SHAXSLAR

 

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:

ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar;  

hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar; ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar; ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;

farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq oʻn besh yoshdan kam boʻlmasligi shart, bundan oʻgay ota va oʻgay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

A.Kazimbayev