Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ISH BERUVCHINING XODIMNI MEHNAT QILISH IMKONIYATIDAN G‘AYRIQONUNIY RAVISHDA MAHRUM QILGANLIGI NATIJASIDA UNGA YETKAZILGAN ZIYONNINGN O‘RNINI QOPLASH MAJBURIYATI


ISH BERUVCHINING XODIMNI MEHNAT QILISH IMKONIYATIDAN G‘AYRIQONUNIY RAVISHDA MAHRUM QILGANLIGI NATIJASIDA UNGA YETKAZILGAN ZIYONNINGN O‘RNINI QOPLASH MAJBURIYATI

 

Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o‘rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan bo‘lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi:

 

ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi;

 

xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi;

 

xodim ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi;

 

xodim bilan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi;

 

xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi ko‘chirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi;

 

mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini o‘z vaqtida bajarmaganligi;

 

xodimning boshqa ishga kirishiga to‘sqinlik qiladigan, uning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi;

 

qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.

 

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

A.Kazimbayev