Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

KECHKI YOKI SIRTQI TAʼLIM SHAKLI BOʻYICHA TAʼLIM OLAYOTGAN XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR


KECHKI YOKI SIRTQI TAʼLIM SHAKLI BOʻYICHA TAʼLIM OLAYOTGAN XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR

 

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʻquv taʼtillari:

 

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida oʻqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida oʻn kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyotganlarga esa — kamida oʻttiz kun;

 

oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʻqiyotganlarga — kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga oʻrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

 

Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi koʻproq boʻlgan oʻquv taʼtillari nazarda tutilishi mumkin.

 

Ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular oʻquv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.

 

Ish beruvchi oliy taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʼlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yoʻlkira haqining ellik foizidan kam boʻlmagan miqdorini toʻlaydi. Davlat attestatsiyasidan oʻtish uchun xuddi shunday miqdorda yoʻlkira haqi toʻlanadi.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

A.Kazimbayev