Янгиликлар
XIZMAT TEKSHIRUVI TUSHUNCHASI VA XIZMAT TEKSHIRUVI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISH TARTIBI
XIZMAT TEKSHIRUVI TUSHUNCHASI VA XIZMAT TEKSHIRUVI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISH TARTIBI
Xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirishdir.
Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa maʼlumotlar asos boʻladi.
Ish beruvchi xizmat tekshiruvi oʻtkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladigan xodim ish beruvchining xizmat tekshiruvi oʻtkazish haqidagi buyrugʻi hamda xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi bilan imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak.
Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
A.Kazimbayev