Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

QANDAY XOLATDA TAKRORAN JINOYAT SODIR ETISH DEB XISOBLANADI


QANDAY XOLATDA TAKRORAN JINOYAT SODIR ETISH DEB XISOBLANADI

 

Jinoyat Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom boʻlgan jinoyat ham, jazoga sazovor boʻlgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.

 

Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan boʻlsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.

 

Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat boʻlgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.

 

Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat boʻlib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa choʻzilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

A.Kazimbayev