Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

QONUNNING VAQT BOʻYICHA AMAL QILISHI


QONUNNING VAQT BOʻYICHA AMAL QILISHI

 

Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun bilan belgilanadi. Agar jinoyat kodeksning tegishli moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan boʻlsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda jinoyat kodeks tegishli moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblangan boʻlsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi.

 

Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, yaʼni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni oʻtayotgan yoki oʻtab boʻlgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.

 

Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov