Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

HOMILADORLIK VA TUGʻISH TAʼTILI TUGAMASIDAN ISHGA CHIQISH MUMKINMI?


HOMILADORLIK VA TUGʻISH TAʼTILI TUGAMASIDAN ISHGA CHIQISH MUMKINMI?

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

 

Shuningdek, Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 27-bandi homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda berilishi qayd etilgan.

 

Yuqoridagi qoidalarga koʻra, dekret taʼtili tugaganda yaʼni 126 kundan soʻnggina ishga chiqish mumkin.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov