Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

OTA-ONALAR TOMONIDAN FARZANDI (MAKTAB O`QUVCHISI)NI XORIJIY DAVLATDAGI TA’LIM MUASSASASIGA O‘TKAZISH TARTIBI QANDAY?


OTA-ONALAR TOMONIDAN FARZANDI (MAKTAB O`QUVCHISI)NI XORIJIY DAVLATDAGI TA’LIM MUASSASASIGA O‘TKAZISH TARTIBI QANDAY?

 

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 17.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2684sonli “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Buyrug`i bilan “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” NIZOM tasdiqlangan. Ushbu Nizomning 23-bandiga asosan Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining voyaga yetmaganni maktab o‘quvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan ko‘chirma ilova qilinadi.

 

Xulosa qiladigan bo`lsak, ota-onalar tomonidan Tegishli tuman (shahar) komissiyasining roziligi aks etgan qaroriga asosan xorijiy davlatdagi ta`lim muassasasiga o`tkazishi mumkin.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov