Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA VASIY YOKI HOMIY TAYINLASH BOʻYICHA MAJBURIYATLARINI BAJARMAGANLIGI UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK BELGILANDI.


OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA VASIY YOKI HOMIY TAYINLASH BOʻYICHA MAJBURIYATLARINI BAJARMAGANLIGI UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK BELGILANDI.

 

Masalan, ota-onalar, 6 oydan koʻp muddatga xorijga ketganda voyaga yetmagan farzandlariga vasiy va homiy tayinlatib ketishi kerak. Biroq bu qoidaga doimo amal qilinmaydi.

 

Ota-ona yashash joyidan chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi shart boʻlgan muddat 6 oydan 3 oyga qisqartirildi. Yaʼni ota-ona 3 oydan koʻp chet-elga ketsa bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi kerak, aks holda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

 

Xususan, ota-onalar tomonidan mazkur majburiyatlarni bajarmagan holda xorijga chiqib ketgan ota-onalarning farzandlari tomonidan 2019-yilda jami 7 ta, 2020-yilda 22 ta, 2021-yilda 29 ta jinoyat sodir etilgan.

 

Endilikda, mazkur qilmish BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov