Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

XODIM IKKITA ISH JOYIDAN HAM DEKRET PULI OLISHI MUMKINMI?


XODIM IKKITA ISH JOYIDAN HAM DEKRET PULI OLISHI MUMKINMI?

 

Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 18-bandiga ko‘ra o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.

 

Shunday ekan xodim asosiy va o‘rindoshlikdagi ish joyidan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqishi va dekret puli olishi mumkin.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov