Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

ER-XOTIN O`RTASIDA NIZO BO‘LMASA AJRIM QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?


ER-XOTIN O`RTASIDA NIZO BO‘LMASA AJRIM QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?

 

Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.

 

FHDYO organiga taqdim etiladigan hujjatlar quyidagilar:

 

Mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlarning nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizasi;

 

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport;

 

Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma.

 

Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDYO organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDYO organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDYO organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov