Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

JAMOAVIY MEHNAT NIZOSINI HAL ETISH (TARTIBGA SOLISH) TARTIBI


JAMOAVIY MEHNAT NIZOSINI HAL ETISH (TARTIBGA SOLISH) TARTIBI

 

YArashtiruv-vositachilik tartib-taomillari jamoaviy mehnat nizosini dastlab yarashtirish komissiyasida, unda kelishuvga erishilmaganda esa mehnat arbitrajida, shuningdek taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra mediatsiya tartib-taomillarini qo‘llagan holda tadrijiy hal etishdan (tartibga solishdan) iboratdir.

 

YArashtirish komissiyasi jamoaviy mehnat nizosini taraflarni yarashtirish yo‘li bilan hal etish (tartibga solish) uchun ish beruvchi va xodimlar (ularning vakillari) o‘rtasidagi kelishuv asosida tuziladigan organdir.

 

Mehnat arbitraji yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmaganda jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan nizoni hal etish uchun vakolatli shaxslarni jalb etgan holda tuziladigan vaqtincha yoki doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi organdir.

 

Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:

 

nizoni yarashtirish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqishdan;

 

nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqishdan;

 

nizoni mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishdan.

 

Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining hech biri yarashtiruv tartib-taomilida ishtirok etishdan bosh tortishga haqli emas.

 

Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari, yarashtirish komissiyasi, mediator, mehnat arbitraji, jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organi yuzaga kelgan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi shart.

 

YArashtiruv-vositachilik tartib-taomillari ushbu paragrafda nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi.

 

Zarur bo‘lgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat nizosi taraflarining roziligiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

 

Yangiyo‘l shahar Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

S.Kamalov