Янгиликлар
SHAXSLAR BIR VAQTNING OʻZIDA BIR NECHTA ERI KALITLARIGA EGA BOʻLISHLARI MUMKIN
SHAXSLAR BIR VAQTNING OʻZIDA BIR NECHTA ERI KALITLARIGA EGA BOʻLISHLARI MUMKIN
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 14-yanvar kungi
793-sonli “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan elektron raqamli imzodan muntazam ravishda foydalanadigan sohalardagi munosabatlar tartibga solinadi.
Shu jumladan, bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega boʻladi, agar: elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan boʻlsa hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud boʻlganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda va koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan boʻlsa hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qogʻoz hujjatga tenglashtirilishi belgilangan.
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ERIdan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi.
Talabgorlarning murojaatiga asosan Elektron raqamli imzoni berish muddatlari bir ish kunidan oshmagan muddatda bajarilishi belgilandi.
ERI kalitiga ega boʻlgan shaxslar Elektron raqamli imzo mavjudligi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoni yaratildi.
Jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta Eri kalitlariga bir vaqtning oʻzida ega boʻlishlari mumkin. Buning uchun har bir kalitning sertifikati belgilangan tartibda roʻyhatga olingan boʻlishi kerak.
ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati roʻyhatga olingan paytdan eʼtiboran 24 oydan oshmasligi belgilangan. Bunda ERI kalitining muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
Murojaatchilar ERI kaliti olish uchun hududiy davlat xizmatlari markaziga oʻzlari tashrif buyurgan holda yoki “E-IMZO.UZ” saytida elektron soʻrovnomani belgilangan tartibda shakllatirgan holda murojaat qilishlari mumkin.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
Davlat Xizmatlari Markazi
Direktori Erkin Eshonboboyev