Янгиликлар
Xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi
Xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi
Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi- barqarorlikka iqtisodiyotni yuksaltirishning ijobiy suraʼtlariga erishish hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, bu islohatlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri – mehnat va tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirish. Mehnatga layoqatli har bir kishiga oʻz mehnati bilan oilasining iqtisodiy farovonligini taʼminlash, omonatlarni shakllantirishni va ularni samarali investitsiyalashni taʼminlashga imkoniyatlar yaratish asosida aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida, har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Yuqori Chirchiq tuman adliya boʻlimiga “Toshkentsuvtaʼminoti” MCHJning Yuqori Chirchiq boʻlimida ishlovchi xodimlar avgust oyi uchun oylik ish haqi xanuzgacha berilmasdan ularning qonuniy huquq va manfaatlari buzilayotganligini, shu sababli ish haqini oʻz vaqtida undirib berishda amaliy koʻmak koʻrsatishni soʻrab ogʻzaki ravishda murojaat qilishgan.
Adliya bulimi tomonidan tegishli tashkilotlardan maʼlumotnoma talab qilinib holat chuqur tahlil qilinib oʻrganilganda, haqiqatdan ham “Toshkentsuvtaʼminot” MCHJning Yuqori Chirchiq boʻlimida faoliyat koʻrsatayotgan 57 nafar ishchi-xodimlarning 2022-yil avgust oyi uchun ish haqi berilmaganligi aniqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 154 va 161-moddalari talablariga koʻra, ish beruvchi moliyaviy holatidan qatʼinazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq toʻlashi shartligi, haq toʻlash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.
Adliya boʻlimi Qonunning ushbu talabini ijrosini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlagan holda, joriy yilning 22-sentyabr kuni ushbu 57 nafar xodimlarning ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori-Chirchiq tumanlararo sudiga arizalar kiritildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori-Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan “Toshkentsuvtaʼminoti” MCHJdantuman filialida faoliyat koʻrsatayotgan 57 nafar xodimlarining hisoblangan, lekin toʻlanmagan ish haqlarini undirish sud buyrugʻi qabul qilinib, ushbu xodimlarning qonuniy huquq va manfaatlari tiklanishiga erishilgan.
Chirchiq shahar adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari Markazi
direktori E.U.Eshonboboyev