Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

savol Mening hayfsanim bor. Shuning uchun 8-mart uchun bayram puli berilmadi. Shu to’g’rimi?


savol

Mening hayfsanim bor. Shuning uchun 8-mart uchun bayram puli berilmadi. Shu to’g’rimi?

javob

          O’zbekiston Respublikasi amaldagi M.K.ning 180-moddasi 4-qismiga koʻra intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi. Lekin 180-moddasi 3-qismiga koʻra ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmasligi belgilangan. Shunday ekan, mukofot puli korxonada oʻrnatilgan mehnat haqi tizimi boʻyicha toʻlansa, bu toʻlov intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan xodimlarga toʻlanishi mumkin boʻladi. Aksincha, agar mukofot puli korxona-tashkilotning mehnat haqi tizimiga kiritilmagan boʻlsa, u holda bu toʻlov ragʻbatlantirish chorasi sifatida intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida toʻlanmaydi.

Demak, mukofot puli ragʻbatlantirish turiga kirish-kirmasligi har bir aniq holatda korxona-tashkilotlarda xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan tarzda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash tizimidan kelib chiqadi.

 

 

Chirchiq shahar YXKM bosh yuriskonsulti               S. M. Imomaliyev.