Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

8-mart uchun bayram pulini erkak xodimlar uchun ham bersa bo‘ladimi?


8-mart uchun bayram pulini erkak xodimlar uchun ham bersa bo‘ladimi?

Bu korxona ichki lokal hujjatlariga bog‘liq. Chunki, Mehnat kodeksining
153-moddasi 2-qismiga ko‘ra, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.

Aytaylik, korxona jamoa shartnomasida ish beruvchi tomonidan xodimlarga belgilangan tartibda tasdiqlangan smetalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 131-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan bo’lsa, 9 ta bayram (ishlanmaydigan) kunlar munosabati bilan barcha xodimlar uchun (jinsidan qat’i nazar) mukofotlash qoʼllaniladi.

Mehnat kodeksi 30-moddasiga ko‘ra jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir:

qonunchilik normalariga amal qilish;

taraflar vakillarining vakolatliligi;

taraflarning teng huquqliligi;

jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama erkinligi;

majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;

olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash;

tekshirib borishning muntazamligi;

javobgarlikning muqarrarligi.

Ish beruvchi jamoa shartnomasida ixtiyoriy ravishda majburiyatlar olganmi, demak, olingan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlashi ham shart. Shuningdek, Mehnat kodeksi 34-moddasiga ko‘ra, jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo’yicha javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, agar korxona ichki lokal hujjatlarida Mehnat kodeksining 131-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan bo’lsa, erkak xodimlar uchun ham 8-mart bayrami munosabati bilan mukofot berilishi kerak.

Chirchiq shahar adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
                                      A.Fayziyev