Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) nima?


O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) nima?

 

Fuqarolarning qonunchilik bilan belgilangan huquqlaridan biri – bu o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi, ya’ni servitutdir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish; o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish; o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish; o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish; mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish; o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish; o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish. Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin. Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 173-moddasiga muvofiq, ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.

Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.