Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

1.Qaysi toifadagi shaxslarni ishga joylashtirish qo‘shimcha ravishda kafolatlanadi?


1.Qaysi toifadagi shaxslarni ishga joylashtirish qo‘shimcha ravishda kafolatlanadi?

 

“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;
  • o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;
  • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
  • odam savdosidan jabrlanganlarga nisbatan ishga joylashtirishda davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

Ish beruvchi ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, yuqoridagi ruyxatda qayd etilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Ushbu shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti                                                  Avlaqulov Sobir