Янгиликлар
Kimlar ishsiz deb hisoblanadi?
Kimlar ishsiz deb hisoblanadi?
"Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra, 16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsiz deb e’tirof etiladi.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir