Янгиликлар
Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga qanday intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladi?
Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga qanday intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasiga muvofiq, Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish ish beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish. Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir