Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlayman. Ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli uning vazifasini menga yuklasa bo‘ladimi?


Men maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlayman. Ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli uning vazifasini menga yuklasa bo‘ladimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 297-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida” NIZOMning 26-bandiga ko‘ra:

Quyidagi xodimlar toifalari uchun kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi:

davlat boshqaruvi organlari xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari);

davlat boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan budjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno. Demak, bundan bilishimiz mumkinki, sizga ma’naviy ishlar bo‘yicha director vazifasini yuklab bo‘lmaydi.