Янгиликлар
Men maktabda farrosh vazifasida ishlayman. Hozir mehnat ta’tilida bo‘lgan hovli supuruvchi vazifasini ham bajarayapman. Menga qancha haq to‘lanadi?
Men maktabda farrosh vazifasida ishlayman. Hozir mehnat ta’tilida bo‘lgan hovli supuruvchi vazifasini ham bajarayapman. Menga qancha haq to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 297-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida” NIZOMning 25-bandiga ko‘ra:
Budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va budjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida to‘lanadi.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir