Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi


Garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi

 

Markaziy bankning garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:

 

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik berish;

 

garovga qoʻyilgan mol-mulkni takroriy auksionda sotish mumkin boʻlgan eng past narxni auksion obyekti boshlangʻich narxining 80 foizi miqdorida belgilash;

 

Bunda, mol-mulk takroriy auksionda realizatsiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auksion boshlangʻich narxidan 25 foiz past qiymatda oʻzida qoldirish taklif qilinadi.

 

undiruv qaratilgan garovga qoʻyilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qoʻyuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

 

qarzdorning ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyotini bekor qilish.

 

 

 

 

 

Chinoz tumani adliyaboʻlimi

YUKXM Bosh yuriskonsulti

A.Abdumajitov