Янгиликлар
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga koʻra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush oʻrtogʻining roziligi talab etiladi

Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:
nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;
meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan;
nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa;
er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa.
Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM
Bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev