Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy


Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

        Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi YuXKM

Bosh yuriskonsulti

                                                                                                F.Allaberganov