Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Shar’iy nikohdagi farzandga ham aliment to‘lanadimi?


Shar’iy nikohdagi farzandga ham aliment to‘lanadimi?

 

Ma’lumki, Oila kodeksi 96-moddasiga muvofiq, har bir ota-ona farzandi uchun aliment to‘lashga majbur hisoblanadi.

 

Bu va bundan keyingi normalarda alimentning voyaga yetmagan farzand uchun (ayrim holatlarda voyaga yetganlari uchun ham) belgilangan. Bunda qonun chiqaruvchi er-xotinning qonuniy yoki shar’iy nikohdaligi emas, balki bolaning shu ota-onadan tug‘ilganligini faktini asos qilib oladi.

 

Soddaroq aytganda bir uyda qonuniy yoki shar’iy nikoh asosida yashab turib ham aliment undirish mumkin. Bunda eng asosiysi bola aliment undirish so‘ralgan ota yoki onadan tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalillar (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadagi ota-ona haqidagi yozuvlar yoki sudning qarori) bo‘lishi kifoya.

 

Yuqoridagi kodeks 136-moddasiga muvofiq aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

 

Shunga ko‘ra,  shar’iy nikohdagi farzandga ham aliment to‘lash kerak.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                         R.Galiyev