Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

TA’LIM KREDITI KIMLARGA BERILADI


TA’LIM KREDITI KIMLARGA BERILADI

 

Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021 yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

 

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

 

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning o‘qish muddati rasman tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                         R.Galiyev