Янгиликлар
Menga 30 % jarima jazosi belgilandi. Endi har oyda oyligimdan 30% ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qilar ekanku? Shu to‘g‘rimi?
Menga 30 % jarima jazosi belgilandi. Endi har oyda oyligimdan 30% ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qilar ekanku? Shu to‘g‘rimi?
Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Avvalo, jarima jazosi oylik ish haqidan emas balki o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi bilan MK 257-moddasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Soddaroq tushuntirsak, o‘rtacha oylik ish haqi oylik ish haqi (oklad) dan ko‘proq chiqishi mumkin.
Jarima bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bir marta ushlab qolinadi, har oyda emas. 1 yillik muddat masalasiga kelsak, Mehnat kodeksining 315-moddasiga ko‘ra intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 1 yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Ya’ni Sizga qo‘llanilgan jarima faqat bir marta ushlab qolinadi, lekin Siz olgan jarima jazosining ta’siri 1 yil amal qiladi. Mana shu 1 yil davomida Sizga rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Diqqat! MK 315-moddasiga ko‘ra, intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni 1 yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli. E’tibor bering, intizomiy jazoni olib tashlash uchun minimal muddat belgilanmagan. Ya’ni bugun jazo qo‘llab, ertaga olib tashlansa ham bo‘laveradi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev