Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

MAShINA ONAMNI NOMLARIDA BO‘LSA MENDAN GAI XODIMI IShONChNOMA SO‘RAShI QONUNIYMI?


MAShINA ONAMNI NOMLARIDA BO‘LSA  MENDAN GAI XODIMI IShONChNOMA SO‘RAShI QONUNIYMI?

 

          Asos: PF 5816-son farmonga ko‘ra 2019 yil 1 oktabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani notarial tasdiqlash bekor qilingan.

 

          Sizdagi vaziyatda bu qilgan ishi huquqiy asosga ega emas.

 

     Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom 19-bandiga muvofiq yo‘l harakati qatnashchisi – haydovchi transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni (transport vositasini qayd etish guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi, yuk hujjatlari), shaxsini tasdiqlovchi (haydovchi transport vositasini haydovchilik guvohnomasisiz boshqargan hollarda) hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etishga majbur.

 

          Shunday ekan sizdagi vaziyatda YPX xodimining harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                         R.Galiyev