Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

ALIMENT PULINI TO‘LAMAY YuRGANLARGA QANDAY ChORA KO‘RILADI?


ALIMENT PULINI TO‘LAMAY YuRGANLARGA QANDAY ChORA KO‘RILADI?

 

Oila kodeksining 99 – moddasiga asosan Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga qarab belgilanadi jumladan

 

1 ta farzand uchun daromadning 1/4 qismi;

2 ta farzand uchun daromadning 1/3 qismi;

3 ta va undan ortiq farzandlar uchun daromadning 1/2 qismi.

 

Ushbu aliment miqdorlari sud tomonidan tomonlarning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olgan holda kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

 

Oila kodeksining 139 – moddasiga asosan aliment qarzi aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo‘yicha aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo‘lsa, o‘tgan barcha vaqt uchun undiriladi.

 

Bundan kelib chiqadiki, siz bu holatda aliment to‘lanmagan barcha davr uchun aliment qarizini undira olasiz.

 

Oila kodeksining 140 – moddasiga asosan agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

 

Aliment qarzi masalasiga kelsak, bu vaziyatda MIB xodimining ustidan prokuraturaga ariza berishni tavsiya qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 maydagi PQ – 3016-son qaroriga 4-ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risida”gi nizomga 9-bandiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiste’molchilik holatlarini oldini olish Majburiy ijro byurosi (MIB)ning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Shuningdek, nizomning 12-bandiga ko‘ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash sohada MIB javobgar hisoblanadi.

 

Endi turmush o‘rtog‘ingizning aliment to‘lamaganligi maslasiga kelsak, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-4(prim)-moddasiga ko‘ra Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Yodda tuting! Shaxsni yuqoridagi norma bilan javobgarlikka tortish uni aliment qarzdorligini to‘lashdan ozod qilmaydi.

 

Qoidaning mazmunidan turmush o‘rtog‘ingizni ushbu norma bilan javobgarlikka torish mumkinligi kelib chiqmoqda.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                         R.Galiyev