Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi


“Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

 

Farmonga koʻra, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi.

 

Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

 

▫️Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi joriy etildi.

 

Shuningdek, Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

 

▫️        Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimi;

 

▫️        viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

 

▫️        tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

 

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

 

 

Chinoz tumani adliyaboʻlimi

YUKXM Bosh yuriskonsulti

A.Abdumajitov