Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi

 

Shunga koʻra, maʼmuriy ishlar boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.

 

Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrilishi belgilandi.

 

Shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.

 

Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.

 

Maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida koʻriladi

 

 

 

 

 

Chinoz tumani adliyaboʻlimi

YUKXM Bosh yuriskonsulti

A.Abdumajitov