Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

2024 yil 1 yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmasevtika xodimlari oyligi oshiriladi.


2024 yil 1 yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmasevtika xodimlari oyligi oshiriladi.

 

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.05.2022 yildagi PF-136-sonli farmonining 1-bandida  2022 yil 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

 

          oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun — 15 foizga;

 

          ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun — 10 foizga;

 

          tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.

 

          Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsientlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshirilishi belgilangan.

 

          Mazkur bandda belgilangan qoidalar 2024 yil 1 yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmasevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo‘lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etilishi belgilangan.

 

          Shu asos bilan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmasevtika xodimlari oyligi oshiriladi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                                         R.Galiyev