Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

PENSIYaNI BOShQA ShAXSGA O‘TKAZSA BO‘LADIMI?


PENSIYaNI BOShQA ShAXSGA O‘TKAZSA BO‘LADIMI?

 

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 158-bandiga ko‘ra tayinlangan pensiyani to‘lash pensioner vafot etganda to‘xtatiladi.

 

Ushbu Nizom hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan pensiya yoki nafaqalarni boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Mazkur Qonunning 63-moddasiga pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar (19, 20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.

 

Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.

 

Oilaning bir necha a’zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning o‘rtasida teng taqsimlanadi.

 

Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.

 

Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.

 

Demak, pensiyani o‘tkazib berishning imkoni yo‘q.

 

Mazkur Qonunning 19-moddasiga binoan agar nabirasi vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lsa u boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi va bu masalada shaxs vafot etgandan so‘ng tuman pensiya jamg‘armasiga murojaat qilinadi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                               R.Galiyev