Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

"TEMIR DAFTAR"GA KIRITILGAN OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YoRDAM BIR KUNDA BERILIShI MUMKIN


"TEMIR DAFTAR"GA KIRITILGAN OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YoRDAM BIR KUNDA BERILIShI MUMKIN

 

Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

 

Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib (Hukumatning 28.04.2021 yildagi  250-son qarori bilan tasdiqlangan) ga quyidagi mazmunda o‘zgarish kiritilgan:

 

xalq deputatlari tuman yoki shahar Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                               R.Galiyev