Янгиликлар
ER UChASTKASIGA KADASTR XUJJATINI RASMIYLAShTIRISh
ER UChASTKASIGA KADASTR XUJJATINI RASMIYLAShTIRISh
Ko‘plab fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer uchaskalarini mustaqillikdan oldin sobiq SSR davrida olgan va e’tiborsizlik tufayli kadastr xujjatlarini rasmiylashtirmasdan qoldirgan. Va bugungi kunda bu yer uchaska yoki ko‘chmas mulkni sotmoqchi bo‘lganda, meros qilib qoldirmoqchi bo‘lganda, hadya qilmoqchi bo‘lganda kadastr xujjati bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi tabiy. Chunki mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi xujjat ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini beruvchi eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.
Sobiq SSR davrida olingan mulka nisbatan kadastr xujjatini rasmiylashtirish uchun qanday xujjatlar kerak bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 23-bandida O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qarorlari asos bo‘lishi ko‘rsatib qo‘yilgan.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev